Hammaning diqqatiga : Fransiyada ta’lim olishga bag’ishlangan kun ! [fr] [ru]

Ayni paytda talabasiz yoki oliy ta’lim muassasasining oxirgi kursida tahsil olyapsiz va o‘qishingizni Fransiyada davom ettirmoqchimisiz ?

2017-yil boshlanishi bilan, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Campus France agentligi hamda Toshkent fransuz alyansi sizni 12-yanvar soat 10.30 dan 17.30 gacha (tanaffuzsiz) bo‘lib o‘tadigan Fransiyada ta‘lim olish mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishga taklif etadi.

Tadbirning rasmiy ochilishidan so‘ng, quyidagi 4ta ko‘rgazma stendlarni e’tiboringizga havola etamiz :

-  Oliy ta’lim va tematik yo‘nalishlar (sog‘liqni saqlash, turizm, huquqshunoslik, moda, dizayn, davlat boshqarish va boshqalar)
-  Shaxsiy maslahatlar
-  Fransuz tilidan testlar
-  Fransiya regionlari

Do‘stlaringiz bilan keling !

Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tadigan Fransiyada o‘qishga bag’ishlangan kun doirasida 3ta amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi :

  • 19 yanvar : Rezume va motivatsion xat yozish (Toshkent fransuz alyansida)
  • 24 yanvar : Hujjatlar to‘plamini tayyorlash (Toshkent fransuz alyansida)
  • 31 yanvar : Rezume va motivatsion xat tayyorlashni qo‘shimcha xususiyatlari (Toshkent fransuz alyansida)

Manzil: Toshkent fransuz alyansi
Zulfiyaxonim ko‘chasi,112
Toshkent 100128

JPEG

publie le 30/12/2016

hautdepage